Increase size
Reset to Default
Decrease size
12.05.2017 г.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 12 maydan “O‘zbekiston florasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dekorativ va yovvoyi o‘simliklar tasvirlangan.

Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90x80 mm. Pochta blokidagi pochta markaning o‘lchami 37x37 mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

              
№ 1192  

1193

1192. «Hibiscus hybridus» (Гибискус) Nominali – 1300 so‘m
1193.«Crocus sativus» (Za’faron) Nominali – 1900 so‘m

Pochta markalarining adadi 8 ming nusxadan.

№ 1194

1194. «Eremurus lactiflorus» (Эремурус) Nominali – 2400 so‘m

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

 

Rassom – Kim A.,
dizayner – Kaneves Ye.