Increase size
Reset to Default
Decrease size

1101-1102. “Regionlar. Namangan viloyati” pochta markalari

1101-1102. “Regionlar. Namangan viloyati” pochta markalari
zoom Zoom image

“Regionlar. Namangan viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 22 yanvaridan “Regionlar. Namangan viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Pochta markalarida Namangan viloyatining tarixiy obidasi va zamonaviy inshooti tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH