1103-1106.“Toshkent hayvonot bog‘i” pochta markalari turkumi

1103-1106.“Toshkent hayvonot bog‘i”  pochta markalari turkumi
zoom Zoom image
1103-1106.“Toshkent hayvonot bog‘i”  pochta markalari turkumi 1103-1106.“Toshkent hayvonot bog‘i”  pochta markalari turkumi 1103-1106.“Toshkent hayvonot bog‘i”  pochta markalari turkumi 1103-1106.“Toshkent hayvonot bog‘i”  pochta markalari turkumi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 22 yanvardan “Toshkent hayvonot bog‘i” turkumi muomalaga kiritildi. Turkum 3 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Toshkent hayvonot bog‘ida yashovchi hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “TOSHKENT HAYVONOT BOG‘I” yozuvi joylashgan. Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30 mm. Pochta blokining o‘lchami 110x80 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 30x42x mm. Adadi 10 ming nusxadan.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH