Increase size
Reset to Default
Decrease size

1144-1148.“Hisor davlat qo‘riqxonasi” pochta markalari turkumi

1144-1148.“Hisor davlat qo‘riqxonasi”  pochta markalari turkumi
zoom Zoom image
1144-1148.“Hisor davlat qo‘riqxonasi”  pochta markalari turkumi 1144-1148.“Hisor davlat qo‘riqxonasi”  pochta markalari turkumi 1144-1148.“Hisor davlat qo‘riqxonasi”  pochta markalari turkumi 1144-1148.“Hisor davlat qo‘riqxonasi”  pochta markalari turkumi 1144-1148.“Hisor davlat qo‘riqxonasi”  pochta markalari turkumi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 15 yanvaridan “Hisor davlat qo‘riqxonasi” turkumi muomalaga chiqarildi. Turkum 4 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Hisor davlat qo‘riqxonasida yashovchi va O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan noyob hayvonlar tasvirlangan. Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Hisor davlat qo‘riqxonasi” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100x90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarining o‘lchami 37x37 mm. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH