1150-1152.“Buyuk Ipak yo‘li” pochta markalari turkumi

1150-1152.“Buyuk Ipak yo‘li”  pochta markalari turkumi
zoom Zoom image
1150-1152.“Buyuk Ipak yo‘li”  pochta markalari turkumi 1150-1152.“Buyuk Ipak yo‘li”  pochta markalari turkumi 1150-1152.“Buyuk Ipak yo‘li”  pochta markalari turkumi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan “Buyuk Ipak yo‘li” turkumi muomalaga kiritildi. Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida XI-XIX asrlarda Buyuk Ipak yo‘lidan o‘tgan shaharlarning memoriy yodgorliklari tasvirlangan. Pochta blokida Buyuk Ipak yo‘li xaritasi tasvirlanib, yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Buyuk Ipak yo‘li” yozuvi joylashgan. Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30mm. Pochta blokining o‘lchami 90x70mm. Pochta blokidagi pochta markasining o‘lchami 42x30mm.

1150. Ayоzqal’a (Beruniy tumani)                          

1151. “Ko‘k gumbaz” jome masjidi (Qarshi sh.)               

1152. Ark (Buxoro)                                 

                              

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH