1156-1158. “O‘zbekiston faunasi” pochta markalari turkumi

1156-1158.  “O‘zbekiston faunasi”  pochta markalari turkumi
zoom Zoom image
1156-1158.  “O‘zbekiston faunasi”  pochta markalari turkumi 1156-1158.  “O‘zbekiston faunasi”  pochta markalari turkumi 1156-1158.  “O‘zbekiston faunasi”  pochta markalari turkumi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 23 maydan “O‘zbekiston faunasi” turkumi muomalaga kiritildi. Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va O‘zbekiston hududida yashaydigan hayvonlar tasvirlangan. Pochta blokida 1 ta pochta markasi joylashgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FAUNASI” yozuvi joylashgan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100x90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm.

1156. «Latrodectus tredecimguttatus» (Qoraqurt)

1157. «Testudo (Agrionemys) horsfieldii» (Cho’l toshbaqasi)

1087. «Coracias garrulus» (Ko’k qarg’a)

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH