Increase size
Reset to Default
Decrease size

1170-1173.San’at turkumining “O‘zbek milliy kiyimlari” pochta markalari

1170-1173.San’at turkumining “O‘zbek milliy kiyimlari” pochta markalari
zoom Zoom image

Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta bloki 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Toshkent shahrining milliy kiyimlari tasvirlangan. Muzeylar eksponatlari orasida alohida o‘rinlardan birini respublikamizning barcha milliy liboslari namunalari egallaydi. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 30 dekabrda “O‘zbek milliy kiyimlari” turkumi muomalaga chiqarildi. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 100x120mm. Pochta markalarining o‘lchami 37x52 mm. Adadi 8 ming nusxa

 

1170. Kuyov libosi (Toshkent. XIX asr boshi) 

1171. Kelin libosi (Toshkent. XX asr boshi)

1172. To‘y bola libosi (Toshkent. XIX asr boshi)

1173. Yosh ayol libosi (Toshkent. XX asrning 30-40-yillari)

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH