1178-1179. “Hududlar. Sirdaryo viloyati” pochta markalari seriyasi.

1178-1179. “Hududlar. Sirdaryo viloyati” pochta markalari seriyasi.
zoom Zoom image

“Hududlar. Sirdaryo viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 28 fevralidan “Hududlar. Sirdaryo viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Pochta markalarida Sirdaryo daryosi va Suv saqlash inshooti (Sardoba) tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH