Increase size
Reset to Default
Decrease size

1189-1191. «O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari

1189-1191. «O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari
zoom Zoom image

«O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 3 ta pochta markasidan iborat. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 12 maydan «O‘zbekistonning madaniy merosi. Teatr» turkumining A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Akademik katta teatriga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi. Pochta markalarida «Sadoqat» spektaklidan va «To‘maris» baletidan parchalar ko‘rsatilgan hamda A. Navoiy teatrining fasad ko‘rinishidagi binosi tasvirlangan. Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 52x37 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH