Версия для печати
18.06.2018 y.

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2018 yil 29 iyun kuni, Toshkent shahar Oloy ko‘chasi, 1-uy manzilida "O‘zbekiston pochtasi" AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri 2018 yil 25 iyun holatiga tuziladi.

Jamiyatning e'lektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Yig‘ilish kun tartibi:

1. "O‘zbekiston pochtasi" AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. "O‘zbekiston pochtasi" AJ Kuzatuv kengashi raisining hisoboti to‘g‘risida.

3. "O‘zbekiston pochtasi" AJ faoliyatining 2017 yil yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.

4. "O‘zbekiston pochtasi" AJning 2017 yil moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari haqida Jamiyat Bosh direktorining yillik hisoboti to‘g‘risida.

5. "O‘zbekiston pochtasi" AJ tomonidan 2017 yil yakunlari bo‘yicha olingan sof foydani taqsimlash va dividend to‘lovi to‘g‘risida.

6. "O‘zbekiston pochtasi" AJning affillangan shaxslari bilan navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishgacha tuzilishi kutilayotgan kundalik xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni ko‘rib chiqish va oldindan ma’qullash to‘g‘risida.

7. "O‘zbekiston pochtasi" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

8. "O‘zbekiston pochtasi" AJ taftish komissiyasining a’zolarini saylash to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjhat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan "O‘zbekiston pochtasi" AJ bosh ofisida ushbu e'lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

"O‘zbekiston pochtasi" AJ Kuzatuv kengashi