Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (324)

2018 yil dekabrdan boshlab "O'zbekiston pochtasi" AJ mijozlari milliy pochtani operatoriga "1165" qisqa raqami orqali respublika bo'ylab ko'rsatiladigan pochta aloqasi xizmatlari bilan bog'liq savollar berishlari mumkin. Qo'ng'iroqlar istalgan telefonlardan, shu jumladan mobil telefonlardan qabul qilinadi. Call-centerimizning operatorlari va "O'zbekiston pochtasi" AJ xodimlari har qanday savolingizga javob berishadi va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda yordam berishadi.


“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 23 noyabrdan “O‘zbekiston faunasi” turkumi muomalaga kiritildi.


Pochta markasi O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi diplomatic munosabatlari o‘rnatilganligining 25 yilligiga bag‘ishlangan.


O‘zbеkiston Rеspublikasi Axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh prokuraturasi quzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish dеpartamеnti va «O‘zbеkiston pochtasi» AJ tomonidan bеlgilangan chora-tadbirlarga asosan joriy yilning 21 noyabridan Jamiyat tarkibidagi filial dirеktori O‘rinbosari-pochta xavfsizligi xizmati inspеktorlari uchun “Pochta aloqasi xizmatlarini tashkil etishda pochta xavfsizligi xizmatining O‘rni” mavzusida 3 kunlik malaka oshirish O‘quv kursi O‘tkazilmoqda.


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 oktyabrdagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5564-sonli farmoniga muvofiq 2019 yil 1 yanvardan Jismoniy shaxslarga umumiy qiymati 5 ming AQSH dollaridan ko`p bo`lmagan tovarlarni bojxona dekloratsiyasi taqdim etmasdan O`zbekiston Respublikasidan olib chiqishga ruxsat etildi.