Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (351)

O'zbekiston pochta aloqasi milliy operatori "O'zbekiston pochtasi" AJ o'z elektron to'lov (billing) tizimini kengaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. 2019-yilning boshida tuzilgan shartnomalarga muvofiq "UMS" MCHJ, "Ucell" MCHJ, "Unitel" MCHJ kabi mobil aloqa kompaniyalari billing tizimlariga ulanish ishlari amalga oshirildi.


2019йил 29 июнда “Ўзбекистон почтаси” акциядорлик жамияти акциядорларининг 2018йил якунларига бағишланган йиллик умумий йиғилиши бўлиб ўтди.


Joriy yil 21 iyun kuni “O‘zbеkiston pochtasi” AJ Ishlab chiqarish bo‘yicha dirеktori A.Raximov O‘zbеkiston Rеspublikasi Axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini ravojlatirish vazirligi rеjasiga muvofiq Sirdaryo viloyati Guliston shahrida ochiq muloqot tarzida sayyor qabulini o‘tkazdi.


Bizning yangi hamkorimiz! "O'zbekiston pochtasi" AJ elektron to'lov tizimiga O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi ulandi. Endilikda pochta aloqasi bo'limlari orqali maishiy chiqindilarni yig'ish xizmatlari uchun to'lovlarni onlayn ravishda amalga oshirishingiz mumkin. Shu bilan birgalikda, to'lovingiz shu zahotiyoq abonent hisob raqamingizga tushadi.


HURMАTLI АKTSIYADORLАR!

“O’zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi 2019 yil 29 iyun kuni Toshkent shahar Oloy ko’chasi, 1-uy manzilida “O’zbekiston pochtasi” АJning majlislar zalida o’tkaziladi.


Ma'lumki, Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus loyihasi amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Prezidentining ushbu tashabbuslari davlatning kelajakdagi rivojlanishi uchun: 1 – "yoshlarning san'atga qiziqishini oshirish", 2 – "yoshlarning jismoniy chiniqishi", 3 – "AKT bilan ishlashda aholi malakasini oshirish", 4 - "yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va kitobxonlikni targ'ib qilish", 5 – "ayollar uchun yangi ish o'rinlari yaratish"kabi muhim masalalarni qamrab oladi.