Increase size
Reset to Default
Decrease size

1343,Metropoliten bekatlari” turkumiga bag‘ishlangan pochta markasi

1343,Metropoliten bekatlari” turkumiga bag‘ishlangan  pochta markasi
zoom Zoom image

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 1 fevraldan “Metropoliten bekatlari” turkumining pochta markasi muomalaga kiritildi.

Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida Toshkent metropolitenining Alisher Navoiy metro bekati tasvirlangan. Bekat O‘zbekiston yo‘nalishida joylashgan bo‘lib, yo‘lovchilar zali ustunli hamda ikki yer osti yo‘laklaridan iborat. Noyob va betakror me’morchilik san’atini o‘zida jamlagan ushbu bekat 1984 yil 8 dekabrdan ishga tushirilgan. Bekat o‘zbek shoiri Alisher Navoiy sharofatiga atab nomlangan. Pochta blokining pastki qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Toshkent metropoliteni” yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 90x80mm, markaning o‘lchami 42x30 mm. Adadi 8 ming nusha.

 

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1343. «Alisher Navoiy metro bekati» Nominali – 4200 so‘m

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH