Increase size
Reset to Default
Decrease size

1347-1348.“Atoqli kishilar” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari

1347-1348.“Atoqli kishilar” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari
zoom Zoom image
1347-1348.“Atoqli kishilar” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari 1347-1348.“Atoqli kishilar” turkumiga bag‘ishlangan pochta markalari

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 1 fevraldan “Atoqli kishilar” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Pochta markalari turkumi mashhur din va ma'naviyat shaxslari - Abduxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband yubiley sanalariga bag'ishlangan.

Abduxoliq G‘ijduvoniy – o‘z davrining ma'naviy va diniy murabbiyi hisoblanadi. Uning bizlarga meros etib qoldirgan tariqatning o'n bitta tamoyili Markaziy Osiyoda, Anatoliyada va Bolqonlarda tarqalgan.

Bahouddin Naqshband – Buxoroning ma'naviyat ustasi hisoblangan.

U “Naqshbandi” so'fiy ordeniga asos solgan. Bahouddin Naqshband o'zining falsafasini «Yurakda - Alloh va qo'lda – mehnat» tamoyili asosida qurgan. Pochta markalar zanjir ko‘rinishida chop etilib, 2 ta pochta markasi va 2 ta kupondan iborat.

1-zanjirda Buxorodagi Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi tasvirlangan bo‘lib, kuponda o‘zbek tilida lotin grafikasida “Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligi” yozuvi joylshgan.

2-zanjirda Buxorodagi XVI asrda qurilgan Bahouddin Naqshband maqbarasi tasvirlangan bo‘lib, kuponda o‘zbek tilida lotin grafikasida “Bahouddin Naqshband tavalludiga 700 yil” yozuvi joylshgan. Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning va kuponlarning o‘lchamlari 42x30 mm. Har bir zanjirning adadi 8 ming nusxadan. Dizayner - Yusupaliyev U.

1347. Buxoro. Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi Nominali - 4000 so‘m.

1348. Bahouddin Naqshband maqbarasi. XVI asr Nominali - 4200 so‘m.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH