Increase size
Reset to Default
Decrease size

1339-1342. “O‘zbekiston Florasi” pochta markalari turkumi

1339-1342. “O‘zbekiston Florasi” pochta markalari turkumi
zoom Zoom image

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 24 yanvardan “O‘zbekiston florasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kvartblok ko‘rinishida chop etilgan.

Pochta markalarida O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan dekorativ va yovvoyi o‘simliklar tasvirlangan.

Kvartblokning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTON FLORASI” yozuvi joylashgan. Gullarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta markalari va blok bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x52 mm. Kvartblokning o‘lchami 115x145 mm.

Rassom – Farmonov S., dizayner – Sulaymanov U.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

1339. «Adonis vernalis» Nominali – 900 so‘m

1340. «Viola tricolor» Nominali – 1000 so‘m

1341. «Iris hippolyti» Nominali – 2700 so‘m

1342. «Tagetes» Nominali – 2800 so‘m

Kvartblokning adadi 8 ming nusxa.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH