Increase size
Reset to Default
Decrease size

1366-1369. “O‘zbekiston minerallari. Geologiya” pochta markalari turkumi

1366-1369.  “O‘zbekiston minerallari. Geologiya” pochta markalari turkumi
zoom Zoom image

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 11 iyuldan “O‘zbekiston minerallari. Geologiya” turkumi muomalaga kiritildi.

O'zbekistonning yer osti turli minerallarga - neft, gaz, ko'mir, oltingugurt, tuz, fosforit, qurilish materiallari va boshqalarga boydir.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat bo‘lib, kvartblok ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida O‘zbekistonning yer ostidan topilgan minerallarning namunalari tasvirlangan. Minerallarning nomlari o‘zbek tilida lotin grafikasida berilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 40x40 mm. Kvartblokning o‘lchami 100x120 mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

1366. «Flyuorit-calsit brekchiyasi» Nominali – 1800 so‘m
1367. «Marmar Oniks» Nominali – 3700 so‘m
1368. «Tasmali Feruza qora slanesda» Nominali – 6500 so‘m
1369. «Feruza» Nominali – 10700 so‘m

 

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH