Increase size
Reset to Default
Decrease size

1450. Аloqa sohasida Mintaqaviy hamkorligining 30 yilligi

1450. Аloqa sohasida Mintaqaviy hamkorligining 30 yilligi
zoom Zoom image

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil           20 oktyabrdan  “Аloqa sohasidagi Mintaqaviy hamkorlokka 30 yil” nomli maxsus pochta  markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi pochta bloki ko'rinishida chiqarilgan. Pochta blokining hoshiyasida  Toshkent teleminorasi, telekommunikatsiya sohasidagi zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi, shuningdek pochta konvertlari tasvirlangan. Pochta markasida AMH (PCC) logotipi joylashgan.

Pochta blokida "Aloqa sohasida Mintaqaviy hamdo'stlikka 30 yil" degan davlat tilida yozuv bor.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokning o‘lchami 90x72mm, pochta markaning o‘chami 52x37mm. Pochta markaning adadi 5 ming nusxa.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH