Increase size
Reset to Default
Decrease size

1451-1501. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi

1451-1501. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi
zoom Zoom image

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini nishonlash tadbiri doirasida maxsus pochta markalar turkumi “O‘zbekiston pochtasi” АJ tomonidan tayyorlanib, Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 20oktyabrdan pochta muomalasiga kiritildi.

Ushbu pochta markalarida mustaqillik davrida qurilgan zamonaviy arxitektura bino va inshootlari, tarixiy obidalar, qishloq xo‘jaligi sanoati va mashinasozlik rivoji, transport, urf-odatlar, turizm, sport,  hamda iqtisod, sog‘liqni saqlash, taʼlim sektorlari tasvirlangan.

Turkum 51 pochta markasidan iborat bo‘lib, 17 pochta bloki (3 ta marka va 1 ta kupon) ko‘rinishida tayyorlangan.

Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Pochta markalarining o‘lchami 42x30mm, pochta blokining o‘lchami 114x90mm. Har bitta pochta blokining adadi 3 000 nusxadan. Kuponda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi emblemasi joylashgan.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH