Increase size
Reset to Default
Decrease size

1502-1503. “Hududlar” turkumi “Samarqand viloyati” nomli pochta markalari

1502-1503. “Hududlar” turkumi “Samarqand viloyati” nomli pochta markalari
zoom Zoom image
1502-1503. “Hududlar” turkumi “Samarqand viloyati” nomli pochta markalari 1502-1503. “Hududlar” turkumi “Samarqand viloyati” nomli pochta markalari

"Samarqand viliyati"ga bag'ishlangan turkum 2 ta pochta markasidan iborat. 

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 26 oktabrdan “Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Samarqand viloyati” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi.

Birinchi pochta markada Samarqand qalʼa devorining sharqiy tomonida  joylashgan qadimgi ziyoratgoh Xo‘ja Аbdi-Dаrun maqbarasi tasvirlangan. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug‘bek davri meʼmorligi mahsuli ekanidan darak beradi. Xonaqohning ichida IX asrda Samarqandda hokimlik qilgan avliyo, alloma Аbdu Maʼziddinning qabri joylashgan.

Ikkinchi pochta markada davlatimiz rahbari, mamlakatimiz mustaqilligi va yangi davlatchiligimiz asoschisi, buyuk siyosatchi va oqil islohotchi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Аbdug‘aniyevich Karimov xotirasiga atab Samarqand shahrida bunyod etilgan maqbara majmuasi tasvirilangan.  

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofsetusulidabosilgan. Perforatsiyasitaroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kupon va pochta markalarning  o‘lchami 42x30 mm. Adadi8 mingnusxa.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH