Increase size
Reset to Default
Decrease size

1504-1505. “O‘zbekiston faunasi” turkumi “Mushuklar” pochta markalari

1504-1505. “O‘zbekiston faunasi” turkumi “Mushuklar” pochta markalari
zoom Zoom image

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2021 yil 26oktyabrdan “O‘zbekiston faunasi” turkumiga oid “Mushuklar” nomli pochta markalarimuomalaga kiritildi.

Turkum kichik varaq ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida uy hayvonlaridan biri hisoblanmish - mushuklar tasvirlangan. Mushuklarning ko‘p zotlari mavjud, uzun junlidan junsizgacha. Ular mushuklar oilasining yirtqich sut emizuvchilarining eng kichik vakili va odam o‘ziga o‘rgatib olingan birinchi hayvonlardan biri hisoblanadi.

Kichkina varaqda 2 ta marka 4 donadan shaxmat tartibida joylashgan. Kichik varaqning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘ZBEKISTONFAUNASI. MUSHUKLAR” yozuvi bor. Mushuklarning nomi o‘zbek tilida berilgan.

Pochta markalar va kichik varaq bir necha rangda ishlangan. Ofsetusulidabosilgan. Perforatsiyasitaroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Kichik varaqning o‘lchami 169x100 mm. Kichik varaqning  adadi 8 mingnusxa.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH