1506-1514. O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari

1506-1514. O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari
zoom Zoom image

 “O‘zbekgidroenergo” АJ mamlakatimizda gidroenergetika salohiyatini yanada rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetika sohasini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish borasida respublikadagi yagona tashkilot hisoblanadi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan    2021 yil 22 noyabrdan “O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum kichik varaq ko‘rinishida chop etilib, 9 ta pochta markasidan iborat.  Pochta markalarida O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari tasvirlangan.

Kichik varaqning yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “O‘zbekiston gidroelektrostansiyalari” yozuvi hamda “O‘zbekgidroenergo” АJ logotipi joylashgan, shuningdek ularga maxsus klyasserlar ham tayyorlangan.  

Pochta markalar va kichik varaq bir necha rangda ishlangan. Ofsetusulidabosilgan. Perforatsiyasitaroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37 mm. Kichik varaqning o‘lchami 200x173 mm. Kichik varaqning adadi2 mingnusxa.

Copyright MAXXmarketing Webdesigner GmbH