Версия для печати
28.09.2018 y.

XURMATLI AKSIYADORLAR!

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2018 yil 10 oktabr kuni, Toshkent shaxar Oloy ko‘chasi, 1-uy manzilida "O‘zbekiston pochtasi" AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yhatga olish soat 14:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reestri 2018 yil 4 oktabr xolatiga tuziladi.

Jamiyatning e'lektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Yig‘ilish kun tartibi:

1. "O‘zbekiston pochtasi" AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. "O‘zbekiston pochtasi" AJ Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasi a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari to‘htatish to‘g‘risida.

3. "O‘zbekiston pochtasi" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining yangi tarkibini saylash to‘g‘risida.

4. "O‘zbekiston pochtasi" AJ Taftish komissiyasi a’zolarining yangi tarkibini saylash to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjhat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan "O‘zbekiston pochtasi" AJ bosh ofisida ushbu e'lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

Jamiyat Kuzatuv kengashi