Версия для печати
07.11.2019 y.

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2019 yil 28 noyabr kuni, Toshkent shahar Oloy ko‘chasi, 1-uy manzilida “O‘zbekiston pochtasi” AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun Jamiyat aksiyadorlari reestri 2019 yil 22 noyabr holatiga tuziladi.

Jamiyatning e’lektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

 

YIG‘ILISH KUN TARTIBI:

1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Korporativ boshqaruv qoidalariga rioya qilish majburiyatini qabul qilish to‘g‘risida.

3. “O‘zbekiston pochtasi” AJ 2019 yil 29 iyunida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi 12-masala O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni o‘tkazish maqsadida, 2019 yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash masalasi bo‘yicha qabul qilingan qarorni bekor qilish to‘g‘risida.

4. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni o‘tkazish maqsadida, 2019 yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash to‘g‘risida.

5. “O‘zbekiston pochtasi” AJ boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjhat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan "O‘zbekiston pochtasi" AJ bosh ofisida ushbu e'lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

Jamiyat Kuzatuv kengashi