Версия для печати
08.06.2021 y.

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2021 yil 29 iyun kuni soat 11:00 da masofadan turib elektron ovoz berish tizimi www.evote.uz orqali o‘tkaziladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10:00 dan 10:55 gacha amalga oshiriladi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri 2020 yil 23 iyun holatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Yig‘ilish kun tartibi:

1. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “O‘zbekiston pochtasi” AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashiining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.

4.“O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatining 2020 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash to‘g‘risida.

5. “O‘zbekiston pochtasi” AJ faoliyatining 2020 yil yakunlari bo‘yicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida.

6. “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan 2020 yil yakunlari bo‘yicha ko‘rilgan sof foydani taqsimlash to‘g‘risida.

7. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

8. “O‘zbekiston pochtasi” AJ taftish komissiyasining a’zolarini saylash to‘g‘risida.

9. “O‘zbekiston pochtasi” AJ Bosh direktorini saylash (tayinlash) to‘g‘risida.

10. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni o‘tkazish maqsadida 2021 yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilash to‘g‘risida.

11. “O‘zbekiston pochtasi” AJ aksiyadorlarining navbatdagi yillik Umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy xo‘jalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni dastlabki tarzda ma’qullash to‘g‘risida.

12. “O‘zbekiston pochtasi” AJning Kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a’zolarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

13. “O‘zbekiston pochtasi” AJning dividend siyosati to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishda qatnashish va kun tartibidagi masalalar bo‘yicha masofadan turib ovoz berish uchun id.gov.uz da belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Elektron ovoz berish www.evote.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ bosh ofisida ushbu e’lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha yoki www.evote.uz veb-sayti orqali tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

Jamiyat Kuzatuv kengashi