Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (363)

2019 yil 9 oktabr kuni "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan aloqa tarixi muzeyida Butunjahon pochta kuniga bag'ishlangan "davra suhbati" shaklida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Jamiyat rahbariyati, boshqaruv apparati, filiallar va pochta aloqasi bo'limlari xodimlari ishtirok etdi.


Har yili 9 oktabr ko‘plab mamlakatlarda Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. Shu kuni 1874da Shvеytsariya poytaxti Bеrn shahrida Butunjahon Pochta Ittifoqi (BPI) tashkil etilgan. Rasmiy ravishda, Butunjahon pochta kuni 1969da Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan BPI Kongrеssi minbaridan e'lon qilindi. Butunjahon pochta kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro kunlari ro‘yxatiga kiritilgan.


Butunjahon Pochta Ittifoqi Bosh direktori Bishar A.Hussein maktubi


“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 2 oktabrdan “O‘zbek xalq ertaklari” turkumiga bag‘ishlangan “Zumrad va Qimmat” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi.


2019 yil 2 oktyabrda Hindiston xalqining milliy qahramoni va dunyodagi taniqli siyosatchi Mahatma Gandi tavalludining 150 yilligi nishonlanadi. Mahatma Gandi Hindiston Mustaqillik Harakatining rahbari edi. Hindistonda har yili uning tavallud topgan kuni Xalqaro zo'ravonliksiz kun sifatida nishonlanadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qadimiy Qo‘qon shahrida 2019 yil 10 sentabrdan 15 sentabrgacha birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi.