Increase size
Reset to Default
Decrease size

YANGILIKLAR (424)

“Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Zanjir 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 07 oktabrdan “Hududlar” turkumiga bag‘ishlangan “Farg‘ona viloyati” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi. Pochta markalarida Farg‘ona shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari sport kolleji binosi hamda Marg‘ilonda mashhur bo‘lgan atlas va adras to‘qib chiqaradigan stanogi tasvirlangan. Kuponda Farg‘ona viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi va tumanlari ko‘rsatilgan.


1874 yil 9 oktyabrda Shvеytsariya poytaxti Bеrn shahrida Butunjahon pochta ittifoqi (BPI) tashkil topgan va har yili ushbu sanada Butunjahon pochta kuni nishonlanadi. 1957 yilda Ottavada bo'lib o'tgan BPIning XIV kongressida 9 oktyabrga to'g'ri keladigan haftada o'tkaziladigan Butunjahon yozma xat-xabarlar haftaligini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi.


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video rolik bo’yicha rasmiy munosabat

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo`layotgan anonim shaxs tomonidan keltirilgan video rolik to`g`risida quyidagilarni ma`lum qilamiz:

“O`zbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan mazkur video rolik bo`yicha tegishli o`rganish ishlari olib borildi.

Mazkur video rolikda fuqaro AQSh (Vashington shtati) dan ekanligini bildirib, ismini Jessika deb tanishtirgan ayol joriy yil sentyabr oyida O`zbekiston Respublikasidan qiymati 1000 AQSh dollaridan kam bo'lmagan miqdordagi chinni buyumlar solingan jo`natmalarni AQShga yuborganligini va 5 oktyabr kuni olganini hamda jo`natmaning bir qismi shikastlangani va (ijtimoiy tarmoqlarda o`g`irlangan deb talqin qilinayotgan) ikkinchi jo`natma yo`qolganini ma`lum qilgan.


"O'zbekiston pochtasi" AJ ichki pul o'tkazmalari tarifini ikki barobar arzonlashtirdi


Karantin talablarini yumshatilishi munosabati bilan xorijiy mamlakatlarga aviaqatnov yoʼnalishlari tiklanmoqda. Shu sababli, avia yoʼnalishlardagi oʼzgarishlarni inobatga olgan holda, “Oʼzbekiston pochtasi” АJ xalqaro avia pochta joʼnatmalarini qabul qilish boʼyicha 17 ta mamlakatga arzonlashtirilgan “Extra” tarif rejasini 2020 yil 1 oktyabrdan amalga kiritilishini maʼlum qiladi. Shuningdek, ushbu tarif rejasida xorijiy mamlakatlarga avia yoʼnalishlar soni 7 taga koʼpaydi. Endi Siz qulay tariflarda dunyoning 42 ta mamlakatiga pochta joʼnatmalaringizni yuborishingiz mumkin (roʼyxat ilova qilinadi).


O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 13 martdagi PQ 2826-sonli qaroriga asosan 2017 yil 1 iyuldan pеnsiya va nafaqalarni to’lash to’iliq Xalq banki tasarrufiga o’tkazilganligi sababli ish hajmining kеskin kamayganligi natijasida Jamiyatning 2017 yil 28 iyuldagi 199-son buyrug’i bilan ko’pgina Pochta aloqasi bog’lamalari va pochta aloqasi bo’limlarining faoliyati to’xtatilgan va ularning hududi yaqin bo’ilgan pochta aloqasi ob'еktlariga qo’shib yuborilgan. Shunga ko’ra 2018 yil 1 yanvar holatiga Rеspublika bo’yicha tuman (shahar) pochta aloqasi bog’lamalar soni 85 tani, pochta aloqasi bo’limlari soni esa 1746 tani tashkil qilgan.