Pochta markalarida Jizzax viloyatining zamonaviy inshooti va ko‘li tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 10 ming nusxa.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
№ 1141 № 1142
1141. Zomin sihatgohi (Zomin tumani) Nominali - 1500 so‘m.
1142. Aydar ko‘li (Arnasoy tumani) Nominali - 1500 so‘m.
Dizayner - Yusupaliyev U.