Siz 2017 yil uchun respublikamizning davriy matbuot nashrlariga “O’zbekiston pochtasi” AJ ning barcha hududiy filiallari, tuman, shahar pochta aloqa tarmoqlari hamda aloqa bolimlari orqali obuna bo’lishingiz mumkin. Obuna narxlari “O’zbekiston pochtasi” AJ ning veb saytiga joylashtirilgan.
Respublikamizdagi davriy nashrlarga obuna bo’lsangiz, Siz davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va normativ xujjatlardan, respublikamizda xalqimiz farovonligi uchun amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklardan, yurtimizda va xorijda sodir bo’layotgan muhim siyosiy va ijtimoiy voqealardan, dunyo yangiliklaridan yil davomida xabardor bo’lish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Obuna bo’lishga shoshiling!
“O’zbekiston pochtasi” AJ
“Matbuot tarqatish” filiali