“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 30 dekabrda “O‘zbek milliy kiyimlari” turkumi muomalaga chiqarildi.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 100x120mm. Pochta markalarining o‘lchami 37x52 mm. Adadi 8 ming nusxa. Dizayner - Kanеves E.
1170 | 1171 |
1172 | 1173 |
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.
1170. Kuyov libosi (Toshkent. XIX asr boshi) Nominali – 1900 so‘m
1171. Kelin libosi (Toshkent. XX asr boshi) Nominali – 2100 so‘m
1172. To‘y bola libosi (Toshkent. XIX asr boshi) Nominali – 2500 so‘m
1173. Yosh ayol libosi (Toshkent. XX asrning 30-40-yillari) Nominali – 2500 so‘m