Increase size
Reset to Default
Decrease size
05.01.2017 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yil 30 dekabrdan “Toshkent hayvonot bog‘i” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 3 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida Toshkent hayvonot bog‘ida yashovchi hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan.

Pochta blokida o‘zbek tilida lotin grafikasida “TOSHKENT HAYVONOT BOG‘I” yozuvi joylashgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 37x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 80x90 mm. Pochta blokidagi pochta markalarning o‘lchami 37x37x mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

   
1174   1175   1176

1174. «Neofelis nebulosa» (Kul rang qoplon) Nominali – 1700 so‘m
1175. «Haliaeetus albicilla» (Suvburgut) Nominali – 1900 so‘m
1176. «Ramphastos vitellinus» (Tukan-ariel) Nominali – 2100 so‘m

Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

 

1177

 

1177. «Eos bornea» (Qizil lori) Nominali – 2500 so‘m.

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.

 

Rassom – Kim A.
Dizayner – Kaneves E.