Increase size
Reset to Default
Decrease size
05.09.2017 y.

‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘laydi.

Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqil O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslari yaratildi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqildi, yorug‘ istiqbol yo‘lida xalqni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini hamda “O‘zbekiston Respublikasi Вirinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish” chora-tadbirlari rejasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning merosiga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari (9ta markadan iborat) kichik varaq ko‘rinishida tayyorlandi.

Pochta markalarida Islom Karimovning bevosita rahbarligi ostida mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlari va voqyeyalari mujassamlashgan.

Pochta markalari turkumining chiqarilishi “Oq saroy” oldidagi Islom Abdug‘aniyevich Karimovga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasining va haykalining ochilishi vaqtiga to‘g‘ri keltirilgan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi. Kichik varaq uchun 4 xil rangdagi sovg‘abop buklet tayyorlangan (klyasser).

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan.Pochta markalarining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kichik varaqning o‘lchami 165x145mm. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 7 ming nusxa. Foto – Kurbanbayev F., Dizayner - Kaneves Ye. Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

1199. I. Karimov          Nominali – 1000 so‘m
1200. I. Karimov   Nominali – 1300 so‘m
1201. I. Karimov   Nominali – 1600 so‘m
1202. I. Karimov   Nominali – 1700 so‘m
1203. I. Karimov   Nominali – 1800 so‘m
1204. I. Karimov   Nominali – 1900 so‘m
1205. I. Karimov   Nominali – 2200 so‘m
1206. I. Karimov   Nominali – 2400 so‘m
1207. I. Karimov        Nominali – 3200 so‘m