Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida poytaxtimiz markazining Xadra maydonidagi Toshkent Sirki yonida joylashgan ajoyib favvora tasvirlangan. Favvora 1953 yilda arxitektorlar M.Bulatov va L.Karash loyihalari asosida qurilgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Toshkent favvoralari” yozuvi joylashgan.
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 90x80 mm, markaning o‘lchami 30x42 mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner – U.Yusupaliyev
Pochta markasiga 1213 identifikatsiya raqami berilgan va 2700 so‘mga barobar nominali o‘rnatilgan.