Increase size
Reset to Default
Decrease size
16.03.2018 y.

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2018 yil 29 mart kuni, Toshkent shahar Oloy ko‘chasi, 1-uy manzilida "O‘zbekiston pochtasi" AJning majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish soat 11:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10:00 dan boshlanadi. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri 2018 yil 24 mart xolatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Yeg‘ilish kun tartibi:

1. "O‘zbekiston pochtasi" AJ aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. "O‘zbekiston pochtasi" AJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida "Matbuot tarqatuvchi" AKni belgilangan tartibda "O‘zbekiston pochtasi" AJga qo‘shishni ma’qullash to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjhat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo‘lishi lozim.

Aksiyadorlar umumiy yeg‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha ma’lumot va materiallar bilan "O‘zbekiston pochtasi" AJ bosh ofisida ushbu e'lon berilgan kundan boshlab yig‘ilish o‘tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: +998 71 233-79-98 Jamiyat Kuzatuv kengashi