“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 9 iyuldan “O‘zbekiston YuNESKOga a’zo bo‘lganligining 25 yilligi” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi.
2018 yil 26 oktyabrda O‘zbekiston YuNESKOga a‘zo bo‘lganligiga 25 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan ushbu yubileyga bag‘ishlab pochta markasi chiqarildi.
Pochta markasida Parijdagi YuNESKO qarorgohi va O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i tasvirlangan. Pochta markasida ingliz tilida "O‘zbekistonning YuNESKOga a‘zo bo‘lishining 25 yilligi" yozuvi va YuNESKO logotipi joylashgan, mazkur logotip ingliz tilida to‘liq ismni tashkil qiluvchi UNESCO so‘zlaridan iborat.
Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37 mm. Adadi 8 ming nusxa.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
№ 1309
1309. «O‘zbekiston YuNESKOga a’zo bo‘lganligining 25 yilligi» Nominali -2500 so‘m.
Dizayner - Kaneves Ye.