Версия для печати
13.07.2018 y.

“Hududlar. Toshkent viloyati” pochta markalari turkumi zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Turkum 2 ta pochta markasi va oraliqda joylashgan kupondan iborat.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 9 iyuldan “Hududlar. Toshkent viloyati” nomli pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Pochta markalarida “Zangiota” majmuasi va Urung‘och ko‘li (Nefrit rangdagi ko‘l) tasvirlangan. Kuponda viloyatning geografik xaritasi hamda tashkil topgan yili, maydoni, aholi soni va viloyat markazi ko‘rsatilgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchami 42x30 mm. Adadi 8 ming nusxa.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan.

 № 1307                                                                                                               № 1308

1307. “Zangiota” majmuasi (Zangiota tumani) Nominali - 2700 so‘m.

1308. Urung‘och ko‘li (Bo‘stonliq tumani) Nominali - 2800 so‘m.

Dizayner - Yusupaliyev U.