Increase size
Reset to Default
Decrease size
29.10.2018 y.

«O`zbekiston pochtasi» AJda onlayn to`lov tizimiga ulanish bo`yicha ishlar olib borilayotgan bo`lib, bu tizim mijozlarga samarali xizmat ko`rsatib kelmoqda. Shu o`rinda joriy yilning 26 oktyabiridan e`tiboran iste`molchilar iste`mol qilingan sovuq suv to`lovlarini pochta aloqa bo`limlarida amalga oshirishlari mumkin. «Suvoqova» DUK xizmatlaridan foydalanganlik uchun to`lovlar pochta aloqa operatorlari tomonidan naqd pulda hamda plastik kartalar orqali qabul qilinadi.

To`lov ma`lumotlari shu zahoti «Suvoqova» DUK tizimidagi mijozning shaxsiy xisob raqamida aks etadi. To`lovni tasdiqlovchi hujjat sifatida mijozga pochta aloqa operatori tomonidan pochta belgisi tushurilgan to`lov cheki beriladi.