Increase size
Reset to Default
Decrease size
21.12.2018 y.

O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2018 yil 20dekabrdan “Tasviriy san’at” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum rassom Pavel Petrovich Benkov ijodiga bag‘ishlangan. Pavel Petrovich Benkov O‘zbekistonga 1928 yilda kelib, manzaraning betakrorligi, odamlarining mehmondo‘stliligiga va o‘zlarining an’analari va urf-odatlariga nisbatan ehtiyotkorona munosabatlariga guvoh bo‘lgan rassom umrining oxirigacha (1949 yil Samarqandda vafot etgan) shu yerda qoladi va ijod qiladi. O‘zbekistonda rassom, asosan, ochiq havoda rasm yaratish maktabini ochadi. «Labihovuz», «Buxoro faxriylari», «Yahudiy yozuvchisi» portreti, «Kuz. hovuz», «Yopiq bozor», «Tojik kishi» va boshqa ko‘pgina ishlar unga mansubdir.

Turkum 2 ta pochta markasidan va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida P.P.Benkovning «Dutorchi qiz», «Rassomlar Shohizindada» va «Labihovuz. Meshkobchilar» nomli mashhur rasmlari aks ettirilgan.

Pochta blokining pastki qismida ozbek tilida lotin grafikasida “PAVEL PETROVICH BENKOV” yozuvi joylashgan va hayotining yillari korsatilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofsetusulidabosilgan. Perforatsiyasitaroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 90x120 mm. Dizayner Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar ornatilgan.

     
№ 1336   № 1337
1336. «Dutorchi qiz». Nominali – 1100 so‘m
1337. «Rassomlar Shohizindada». Nominali – 2800 so‘m
Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

 

№ 1338

1338. «Labihovuz. Meshkobchilar». Nominali – 3200 so‘m

Pochta blokining adadi 5 ming nusxa.