Increase size
Reset to Default
Decrease size
21.02.2019 y.

Toshkent shahar tuman hokimiyatarida 2019 yilning 26 fevralidan 5 martiga qadar 11 ta biznes uchrashuvlari bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va Tashqi Savdo Vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ va “UzTrade” savdo maydonchasi bilan hamkorlikda “ZoodMall” savdo maydonchasi tomonidan tashkil etiladi.

Biznes-uchrashuvlarining asosiy vazifasi tadbirkorlarning onlayn savdoda ishtirokini oshirish, mahalliy biznesning raqobatbardoshligini kuchaytirish hamda sotuvni ko'paytirish, shuningdek, mahalliy va xalqaro kompaniyalar bilan aloqa va axborot almashish uchun yangi imkoniyatlar ochishdan iborat.

Uchrashuvlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, sotuvchilar va biznes muhitining boshqa ishtirokchilari ZoodMall onlayn-platformasi bilan tanishtiriladi.

ZoodMall platformasi - O‘zbekistonga keng miqyosli xalqaro bozorga kirish uchun zamonaviy kanal bo'lib, u mahalliy tadbirkorlar o'z mahsulotlarini turli mamlakatlardan millionlab potentsial xaridorlarga taqdim etish imkonini beradi.

Mahalliy tadbirkorlarga, ichki va jahon bozorlarida sotuvni oshirish uchun oson va maqbul onlayn yechimlar taklif etiladi:

-ZoodMall onlayn saytida mahsulotni joylashtirish;

-B2B va B2C formatlarida mahalliy mahsulotlarni targ’ib qilish va rivojlantirish;

-Elektron tijoratni joriy etish va elektron biznesni rivojlantirish.

Uchrashuvlarda tomonlar mintaqada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida kelgusidagi hamkorlik uchun g'oyalar va takliflar taqdim etishlari mumkin.

“Onlaynda bo’ling-Dunyo bo’ylab savdo qiling” biznes uchrashuvlarida qatnashish bepul.

Ro'yhatdan o'tish uchun elektron shaklni to'ldirishingiz va o'zingiz uchun qulay bo'lgan joyni tanlashingiz lozim (Ro'yxatda ko’rsatilgan Toshkent shahar hokimliklaridan birida): https://goo.gl/6XK8QQ

 

“Onlaynda bo’ling-Dunyo bo’ylab savdo qiling”

Biznes uchrashuvlari o’tkaziladigan sana va joylari

1 26 fevral Yunusobod tuman hokimiyati 10:00dan 12:00gacha
2 27 fevral Uchtepatuman hokimiyati 10:00 dan 12:00gacha
3 27 fevral Chilonzortuman hokimiyati 15:00dan17:00gacha
4 28 fevral Sirg’alituman hokimiyati 10:00dan 12:00gacha
5 28 fevral Bektemirtuman hokimiyati 15:00dan17:00gacha
6 1 mart Yashnobodtuman hokimiyati 10:00 dan 12:00gacha
7 1 mart Mirzo Ulug’bektuman hokimiyati 15:00dan17:00gacha
8 4 mart Olmazortuman hokimiyati 10:00dan 12:00gacha
9 4 mart Shayxontohurtuman hokimiyati 15:00dan17:00gacha
10 5 mart Yakkasaroytuman hokimiyati 10:00 dan 12:00gacha
11 5 mart Mirobodtuman hokimiyati 15:00dan17:00gacha