2019 yil 21 may kuni Toshkent shahrida Aloqa sohasida Mintaqaviy Hamdo'stlik Komissiyasi va pochta aloqasi operatorlari Kengashining 46/35-qo'shma majlisi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda aloqa ma'muriyatlari va pochta aloqasi operatorlarining vakillari, Butunjahon pochta Ittifoqi (BPI) loyihalarining mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Yu. T. Spiriyev va ASMH Ijroiya qo'mitasi bosh direktorining o'rinbosari N.E.Zorya ishtirok etdilar.
Qo'shma majlis kun tartibiga barcha mamlakatlar pochta sektoriga taaluqli o‘xshash masalalar kiritilgan. Bugungi kunda butun jahon pochta hamjamiyati oldida iqtisodiy modelni va, ayniqsa, operatorlararo munosabatlarni qayta ko'rib chiqish masalasi muhim o‘rin egallab turibdi.
Jеnеva shahrida 2019 yil 24-25 sеntyabrda Butunjahon Pochta Ittifoqining favqulodda Kongrеssini chaqirishning maqsadga muvofiqligi masalasini muhokama qilishga alohida e'tibor qaratildi. Qayd etilganidеk, tashkilotga tahdid solishi mumkin bo‘lgan bir qator moliyaviy muammolar mavjud. Shu bois, Kongrеssda Butunjahon Pochta Ittifoqining iqtisodiy siyosatini o‘zgartirish muhokamaga qo‘yiladi.
Yig'ilish ishtirokchilari tomonidan "O'zbekiston pochtasi" AJ Bosh direktori, ASMH pochta operatorlari Kengashi raisi Yevgeniy Birger tomonidan taqdim etilgan O'zbekiston pochtasini isloh qilish konsepsiyasiga katta qiziqish bildirildi.
Butunjahon pochta Ittifoqi loyihalarining mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Yuriy T. Spiriyev Butunjahon pochta Ittifoqi Bosh kotibi Bishar Husaynning tabrikini yetkazar ekan O'zbekiston pochtasini isloh qilish konsepsiyasi loyihasiga kiritilgan obyektiv qonuniyat va tamoyillar kelgusida butun jahon pochtasi uchun muhim yo'nalish bo'lishi mumkinligani alohida ta’kidladi. Yu. T. Spiriyev konsepsiyasi loyihasida taqdim etilgan yangi iqtisodiy modelga va pochta xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi innovatsion yondashuvga alohida e'tibor qaratdi.
Evgeniy Birger o'z nutqida ta’kidlanganidek, islohotlar konsepsiyasida zamonaviy davlatda pochta aloqasining rolini oshirish taklif etilgan bo‘lib, bu esa o'z-o'zini ta'minlashga asoslangan ijtimoiy va tijoratga oid pochta vazifalarini tezda amalga oshirishga imkon beradi, va bu nafaqat ASMH davlatlari uchun, balki butun dunyo pochta hamjamiyati uchun ham muhimligiga urg‘u berdi.
2019 yil 9-10 iyul kunlari Minskda bo'lib o'tadigan BPI mintaqaviy strategik forumiga ASMH aloqa ma'muriyatlarini tayyorlash bo'yicha muhokamalar bo'lib o'tdi. Forum 2021-2024-yillarda pochta sektorining zamonaviy tahdidlar va muammolari sharoitida BPIning pochta strategiyasini ishlab chiqishga bag'ishlanadi.
Majlisda Hamdo'stlik ishchi organlari faoliyatiga oid bir qator masalalar muhokama qilindi.
ASMHga a'zo davlatlar uchun boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Kun tartibiga kiritilgan masalalarni muhokama qilish yakunlari bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.
Yig'ilishni yakunida ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi aloqa ma’muriyatiga, "O'zbekiston pochtasi" AJ va ASMH Ijroiya qo'mitasiga pochta aloqasi komissiyasi va ASMH pochta operatorlari Kengashining qo'shma majlisini yaxshi tashkil etib o'tkazganlari uchun minnatdorchilik bildirdilar.