Increase size
Reset to Default
Decrease size
07.06.2019 y.

HURMАTLI АKTSIYADORLАR!

“O’zbekiston pochtasi” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi 2019 yil 29 iyun kuni Toshkent shahar Oloy ko’chasi, 1-uy manzilida “O’zbekiston pochtasi” АJning majlislar zalida o’tkaziladi.

Yig’ilish soat 09:00 da boshlanadi. Аktsiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 08:00 dan boshlanadi. Umumiy yig’ilish o’tkazish uchun jamiyat aktsiyadorlari reestri 2019 yil 25 iyunь holatiga tuziladi.

Jamiyatning elektron pochta manzili: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. .

Yig’ilish kun tartibi:

1. “O’zbekiston pochtasi” АJ aktsiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. “O’zbekiston pochtasi” АJ sanoq komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash to’g’risida.

3. “O’zbekiston pochtasi” АJ Kuzatuv kengashi raisining hisoboti to’g’risida.

4. “O’zbekiston pochtasi” АJning 2018 yil moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari haqida Jamiyat Bosh direktorining yillik hisoboti to’g’risida.

5. “O’zbekiston pochtasi” АJ faoliyatining 2018 yil yakunlari bo’yicha Taftish komissiyasining hisobotini tasdiqlash to’g’risida.

6. “O’zbekiston pochtasi” АJ tomonidan 2018 yil yakunlari bo’yicha ko’rilgan zararni taqsimlash to’g’risida.

7. Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo’ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni jamiyat ixtiyorida qoldirish to’g’risida.

8. “O’zbekiston pochtasi” АJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to’g’risida.

9. “O’zbekiston pochtasi” АJ taftish komissiyasining a’zolarini saylash to’g’risida.

10. “O’zbekiston pochtasi” АJ Bosh direktori bilan shartnoma tuzish to’g’risida.

11. “O’zbekiston pochtasi” АJning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlash to’g’risida.

12. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni o’tkazish maqsadida 2019 yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilash to’g’risida.

13. “O’zbekiston pochtasi” АJning navbatdagi yillik aktsiyadorlar Umumiy yig’ilishigacha bo’lgan joriy xo’jalik faoliyati jarayonida amalga oshirishi mumkin bo’lgan bitimni (bitimlarni) oldindan ma’qullash to’g’risida.

14. “O’zbekiston pochtasi” АJ Ustaviga o’zgartirish kiritib yangi tahrirda tasdiqlash to’g’risida.

15. “O’zbekiston pochtasi” АJning “Аktsiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’g’risida”, “Kuzatuv kengashi to’g’risida”, “Ijroiya organi to’g’risida”gi Nizomlarini yangi tahrirda tasdiqlash to’g’risida.

Аktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aktsiyadorlarda shahsni tasdiqlovchi xujjat, aktsiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo’lishi lozim.

Аktsiyadorlar umumiy yig’ilishda ko’rib chiqiladigan masalalar bo’yicha ma'lumot va materiallar bilan “O’zbekiston pochtasi” АJ bosh ofisida ushbu e'lon berilgan kundan boshlab yig’ilish o’tkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: +998 71 232-00-33

Jamiyat Kuzatuv kengashi