Версия для печати
05.07.2019 y.

O'zbekiston pochta aloqasi milliy operatori "O'zbekiston pochtasi" AJ o'z elektron to'lov (billing) tizimini kengaytirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. 2019-yilning boshida tuzilgan shartnomalarga muvofiq "UMS" MCHJ, "Ucell" MCHJ, "Unitel" MCHJ kabi mobil aloqa kompaniyalari billing tizimlariga ulanish ishlari amalga oshirildi.

Pochta imkoniyatlari ushbu xizmatlarni aholi va tadbirkorlarga, qaerda yashashi yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridan qat'i nazar, taqdim etishni ta’minlaydi. Bu, shu jumladan, shahar va tuman markazlaridan uzoq hududlarga tegishli.

Mobil aloqa operatorlarining sim-kartalarini sotib olish va pochta aloqasi orqali xizmatlar uchun to'lash mijozlarimiz uchun odatiy holga aylanmoqda.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, pochta xizmati va mobil aloqa kompaniyalari o'rtasida dilerlik xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha hamkorlik, birinchi navbatda, pochta va mobil aloqa xizmatlari iste'molchilari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Yaqinda "O'zbekiston pochtasi" AJning avtomatlashtirilgan to'lov tizimini O'zbekiston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasining billing tizimiga ulash ishlari amalga oshirildi. Endi butun mamlakat bo'ylab pochta aloqasi bo'limlarida aholi maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun on-layn tarzda to'lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Ayni paytda pochta aloqasi ob'yektlarida turli davlat xizmatlari uchun to'lovlarni qabul qilishni yo'lga qo'yish bo'yicha ishlar yakuniga yetmoqda.

Aholi va tadbirkorlar pochta bo'limlarida yangi xizmatlar ko'rsatilishining qulayliklari va sifatidan mamnun ekanliklarini inobatga olib, "O'zbekiston pochtasi" AJ bunday muhim va yuqori talabga ega bo'lgan xizmat turlarini aholiga yaqinlashtirish maqsadida turli korxona va tashkilotlarni hamkorlikka jalb etishni rejalashtirgan.