Версия для печати
27.08.2019 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 28 avgustdan “Qo‘riqlanayotgan O‘zbekiston faunasi” turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 4 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida O‘zbekiston Ekologik harakati tashkiloti tomonidan qo‘riqlanayotgan hayvonlar tasvirlangan. Hayvonlarning nomlari lotin tilida berilgan. Pochta markalarida O‘zbekiston Ekologik harakati logotipi joylashgan.

Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Plujnikov A. rasmlari, Yusupaliyev U. dizayni. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

                  
№1373   №1376
     
 
№1374   №1375

 

 

1373. «Aquila chrysaetos» Nominali – 3200 so‘m

1374. «Equus hemionus» Nominali – 3200 so‘m

1375. «Phoenicopterus roseus» Nominali – 3700 so‘m

1376. «Panthera uncial» Nominali – 6500 so‘m