Версия для печати
07.09.2019 y.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan qadimiy Qo‘qon shahrida 2019 yil 10 sentabrdan 15 sentabrgacha birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkaziladi.

Ushbu muhim madaniy-ma’rifiy tadbir munosabati bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 5 sentabrdan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta kichik varaq ko‘rinishida: 1-kichik varaq Arxitekturaga bag‘ishlangan, 2-kichik varaq xalq amaliy san’atiga bag‘ishlangan. Har bir kichik varaq 8 ta pochta markasidan va 1 ta kupondan iborat hamda ular uchun sovg‘abob klyasserlar ham tayyorlangan.

Pochta markalarida Qo‘qon shahrining tarixiy obidalari hamda O‘zbekiston xalq-amaliy san’atining betakror va bebaho namunalari aks ettirilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 52x37 mm. Kichik varaqlarning o‘lchamlari 180x230mm, 180x190mm. Turkumning umumiy adadi 6 ming nusxa. Dizayner – Kaneves Ye.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan:

 

№ 1385-1392

 

№ 1385-1392

 

№1377 Аrxitektura nominali - 2600 so‘m

№1378 Аrxitektura nominali - 2600 so‘m

№1379 Аrxitektura nominali - 4000 so‘m

№1380 Аrxitektura nominali - 4000 so‘m

№1381 Аrxitektura nominali - 5300 so‘m

№1382 Аrxitektura nominali - 5300 so‘m

№1383 Аrxitektura nominali - 9200 so‘m

№1384 Аrxitektura nominali - 9200 so‘m

№1385 Amaliy san’at nominali - 1300 so‘m

№1386 Amaliy san’at nominali - 1300 so‘m

№1387 Amaliy san’at nominali - 2600 so‘m

№1388 Amaliy san’at nominali - 2600 so‘m

№1389 Amaliy san’at nominali - 5300 so‘m

№1390 Amaliy san’at nominali - 5300 so‘m

№1391 Amaliy san’at nominali - 9200 so‘m

№1392 Amaliy san’at nominali - 9200 so‘m