2019 yil 2 oktyabrda Hindiston xalqining milliy qahramoni va dunyodagi taniqli siyosatchi Mahatma Gandi tavalludining 150 yilligi nishonlanadi. Mahatma Gandi Hindiston Mustaqillik Harakatining rahbari edi. Hindistonda har yili uning tavallud topgan kuni Xalqaro zo'ravonliksiz kun sifatida nishonlanadi.
Shu munosabat bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 2 oktabrdan “Buyuk shaxslar” turkumiga bag‘ishlab, “Mahatma Gandi tavalludining 150 yilligi” nomli maxsus pochta markasi muomalaga kiritildi.
Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida Mahatma Gandining portreti tasvirlangan hamda o‘zbek tilida va ingliz tillarida “Mahatma Gandi tavalludining 150 yilligi” yozuvi joylshgan.
Pochta markasi va blok bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 100x90 mm. Pochta markaning adadi 5 ming nusxa. Farmonov S. – rasmi, Sulaymanov U. - dizayni.
Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.
1393. “Mahatma Gandi tavalludining 150 yilligi” Nominali - 6200 so‘m.