Increase size
Reset to Default
Decrease size
30.09.2019 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 2 oktabrdan “O‘zbek xalq ertaklari” turkumiga bag‘ishlangan “Zumrad va Qimmat” nomli pochta markalari muomalaga kiritildi.

Turkum 5 ta pochta markasidan va 1 ta kupondan iborat bo‘lib, zanjir ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markalarida “Zumrad va Qimmat” o‘zbek xalq ertagidan parchalar (illyustrasiya) tasvirlangan. Kuponda ertakning nomi va rasmlarning avtori ko‘rsatilgan.

Pochta markalari va kupon bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Kupon va pochta markalarning o‘lchami 30x42mm. Zanjirning o‘lchami 180x42mm. Pochta markalarning adadi 8 ming nusxadan. Sodiqov X. rasmlari, Kartsevich Ye. dizayni.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

 

             1394 1395 1396 1397 1398

 

1394. Zumrad va Qimmat Nominali – 1800 so‘m

1395. Zumrad va Qimmat Nominali – 3600 so‘m

1396. Zumrad va Qimmat Nominali – 6500 so‘m

1397. Zumrad va Qimmat Nominali – 7200 so‘m

1398. Zumrad va Qimmat Nominali – 10700 so‘m