Версия для печати
09.10.2019 y.

2019 yil 9 oktabr kuni "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan aloqa tarixi muzeyida Butunjahon pochta kuniga bag'ishlangan "davra suhbati" shaklida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Jamiyat rahbariyati, boshqaruv apparati, filiallar va pochta aloqasi bo'limlari xodimlari ishtirok etdi.

Yig'ilish ochilishida, Jamiyat Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori A. Rahimov ishtirokchilarni xalqaro kasb bayrami bilan tabriklab, joriy yilda Butunjahon Pochta Ittifoqi 145 yillik yubileyini nishonlashini ta'kidladi.

So'ngra so'z Bosh direktor v. b. A. Fayzullayevga berildi, u o'z chiqishida 1874 yil 9 oktabrda Butunjahon Pochta Ittifoqining (BPI) tashkil etilishi tarixi haqida qisqacha ma'lumot berdi.

Shuningdek, A. Fayzullayev O'zbekiston pochtasi faoliyati, uning oldida turgan vazifalar, shu jumladan, pochta infratuzilmasini o'zgartirish, e-tijoratni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, pochta xizmatlari turlarini kengaytirish, dilerlik va moliyaviy xizmatlar ko'rsatish kabilarni alohida ta'kidlab o'tdi. Bu borada ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.

Uchrashuvda so'zga chiqqan G. Pak – PATE va L bo'limi boshlig'i, T. Bajanova – NS va S bo'limi bosh mutaxassisi, X. Tadjibaeva - "Xalkaro tezkor pochta" filiali direktori O'zbekistonni 25 yil oldin, ya'ni 1994 yil 24 fevralda, BPIga a'zo bo'lish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash jarayonida ishtirok etganlarini yodga oldilar, O'zbekiston pochtasining BPI bilan ko'p tomonlama hamkorligi, ushbu xalqaro pochta tashkilotining Kongresslarida ishtirok etganlari haqida ma’lumot berdilar.