Версия для печати
09.12.2019 y.

2019 yil 9 dekabr kuni "O'zbekiston pochtasi" AJ Bosh direktori v. b. A. Fayzullayevning "Kazposhta" AJ boshqaruvi raisi S. Sarsenov boshchiligidagi Qozog'iston pochtasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Suhbat chog'ida A. Fayzullayev bugungi kunda O'zbekiston pochta xizmati pochta ishlab chiqarish va boshqaruv tizilmalarini transformatsiya qilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yangi xizmatlarni joriy etish, elektron tijorat va pochta logistikasini rivojlantirish bo'yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini ta'kidladi.

O'z navbatida, "Kazposhta" AJ boshqaruvi raisi S. Sarsenov Qozog'iston pochtasi an'anaviy faoliyatdan tashqari Qozog'istonda elektron tijoratni rivojlantirishda faol ishtirok etishini ma’lum qilib, transchegaraviy savdoni tashkil etish, logistikani takomillashtirish va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishda hamkorlikni taklif qildi.

"O'zbekiston pochtasi" AJ Bosh direktori v. b. A. Fayzullayev taklif etilgan loyihalar O'zbekiston pochta xizmati uchun qulay hamda foydaliligini e’tirof etib kelgusida o‘zaro samarali hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta'kidladi.