“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 10 dekabrdan “Qizilqum davlat qo‘riqxonasi” turkumi muomalaga chiqarildi.
Turkum kichik varaq ko‘rinishida bo‘lib, 6 ta pochta markasidan iborat. Pochta markalarida Qizilqum davlat qo‘riqxonasida yashovchi hayvonlar va o‘simliklar tasvirlangan. Hayvonlar va o‘simliklarning nomlari lotin tilida berilgan. Kichik varaqda o‘zbek tilida lotin grafikasida “Qizilqum davlat qo‘riqxonasi” yozuvi joylashgan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 52x37mm. Kichik varaqning o‘lchami 160x160 mm. Adadi 8 ming nusxa. Rassom – Kim A., dizayner – Kanives Ye.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.
№1400-1405
1400. Gazella subgutturosa Nominali – 3200 so‘m
1401. Haloxylon persicum Nominali – 3400 so‘m
1402. Alhagi pseudalhagi Nominali – 3500 so‘m
1403. Canis aureus Nominali – 5800 so‘m
1404. Trapelus sanguinolentus Nominali – 6200 so‘m
1405. Pterocles orientalis Nominali – 10400 so‘m