Версия для печати
25.12.2019 y.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 20 dekabrdan “Afsonaviy xalq qahramonlari” turkumiga bag‘ishlab, “To‘maris” nomli pochta markasi muomalaga kiritildi. Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan.

Pochta markasida massagetlar qabilasining malikasi To‘maris tasvirlangan. U dono, jasur va hukmron ayol bo‘lgan. To‘maris - Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Uning hukmdorligi ostida tuzilgan yengilmas armiya qayta-qayta g'alaba qozonishga musharraf bo‘lgan. To‘maris ozodlik va mustaqillik timsoli hisoblanib, uning nomi bugungi kungacha adabiyotda va san'atda kuylanib kelmoqda va u afsonaga aylangan.

Pochta markasi va blok bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markasining o‘lchami 52x37 mm. Pochta blokining o‘lchami 110x87 mm. Pochta markaning adadi 5 ming nusxa. Farmonov S. - rasmi, Sulaymanov U. - dizayni.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

 

№ 1410

 

1410. “To‘maris”  Nominali - 9200 so‘m.