Версия для печати
07.02.2020 y.

Standart pochta markasida O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi Bedana qushi tasvirlangan.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2020 yil 5 fevraldan nominali 1600 so‘mlik bo‘lgan standart pochta markasi muomalaga kiritildi.

 

№1413

Pochta markasi bir rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Pochta markasining perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Markaning o‘lchami 18,5x26mm. Kaneves Ye. – rasmi. Rangi – qizil.

Identifikatsiya raqami berilgan va nominali o‘rnatilgan.

1413. «Coturnix coturnix» (Bedana) Nominali – 1600 so‘m. Adadi 2 000 000 nusxa.